“Angren IES” AJ da qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

“Angren IES” AJ da qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

“Angren IES” AJda Hukumatning tegishli qarori asosida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarni oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, Toshkent viloyati FVB, Angren shahar FVB hamda Angren IES mas’ullari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar 2 bosqichda o‘tkazilib, dastavval, Angren IES tomonidan iste’molchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlashda favqulodda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan tezkor ishchi-guruhlari, shaxsiy tarkib, texnika va aloqa vositalarining shayligi va xabar berish guruhining harakatlari tekshirildi.

Shundan so‘ng, 10-energoblokning o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasi bilan ta’minlovchi transformatorida shartli ravishda moy sizib chiqishi oqibatida yuzaga kelgan nosozlik oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha FM tuzilmalari shaxsiy tarkibi kuch va vositalari tomonidan tadbirlar amalga oshirildi.

O‘quv mashqi yakuni bo‘yicha erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati