Aziz va muhtarama ayollar! Munis opa-singillar!
Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami keng nishonlanmoqda. Bugun, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparatida ham sana munosabati bilan tadbir tashkil etilib, sohada mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar, dilbar opa-singllarimizga bayramona kayfiyat ulashildi.

Go‘zallik va nafosat bayrami bo‘lgan ushbu kunni har yili intiqlik, qalbimizda ajib iliqlik bilan kutamiz. Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya qilib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘’tabar ayol zotiga qancha ta’zim qilsak, shuncha kam.

Bugun mamlakatimiz ayollari ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi ko‘plab sohalarda xususan, energetika yo‘nalishida ham samarali mehnat qilmoqdalar. Tadbir davomida ayollarning mashaqqatli, ammo, sharafli kasbda erkaklar bilan tunu-kun tengma-teng mehnat qilayotganlari alohida e’tirof etildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida ham sohada faoliyat yuritib kelatyogan xotin-qizlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida qulay mehnat shaoitlarini yaratitish, sohada uzoq yillar mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriylar holidan xabar olish doimo diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Umumxalq bayrami munosabati bilan barcha xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati