
BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
“Navoiy IES” AJda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida xodimlar birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha nazariy tushunchalar olish bilan bir qatorda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob olishdi.
bugungi kunga qadar ushbu yo‘nalishda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun 11 dan ortiq o‘quv mashg‘ulotlari tizimli ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
“Navoiy IES” AJ matbuot xizmati.