BRIFING: “ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJNING 2023-YIL 1-YARIM YILLIGIGA OID ASOSIY KO‘RSATGICHLAR

BRIFING: “ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJNING 2023-YIL 1-YARIM YILLIGIGA OID ASOSIY KO‘RSATGICHLAR

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2023 yilning 1-yarim yilligida elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar haqida brifing ma’lumotlari.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida 26,6 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi va 4,5 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chaqarilib yagona energotizimga uzatildi. Bunda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 101 foizga bajarildi.

Investitsiya dasturiga asosan 8 ta loyiha doirasida 2023-yil yanvar-iyun oylarida barcha mablag‘lar hisobidan 58,6 mln. AQSH dollariga teng investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi, bunda belgilangan reja 101,2 foizga ijro etildi. 

Investitsiya loyihalari doirasida hozirgi vaqtda Toshkent IEMda har birining quvvati 32 MVtga teng bo‘lgan ikkita gaz turbinasi qurilmasini va Tolimarjon IESda quvvati kamida 900 MVtga teng bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish ishlari olib borilmoqda. Navoiy IESda 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini bunyod etish bo‘yicha loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Korxona oldida turgan muhim vazifalardan biri bu mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi, shu maqsadda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2023-yil yanvar-iyun oylarida mahsulot tannarxi 589 mlrd.so‘mga pasaytirilib, reja 101 foizga bajarildi.

Issiqlik elektr stansiyalarni 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida jami 53 ta energoqurilmalarda ta’mir ishlari rejalashtirilgan. Ayni paytda 26 ta asosiy va yordamchi energoqurilmada joriy va mukammal ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Rejalashtirilgan ta’mir ishlari to‘liq amalga oshirilishi evaziga energoqurilmalarning mavjud quvvati 209 MVt hamda qozon qurilmalarning ishlab chiqarish quvvati 483 tonna/soatga oshirilishiga erishiladi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida 34 ta loyiha asosida qiymati 17,1 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda ushbu ko‘rsatkich 25,4 mlrd. so‘mga yoki 148,2 foizga, shuningdek kooperatsiya savdolari bo‘yicha 46,7 mlrd. so‘mlik mahsulot xarid qilish prognoz qilingan bo‘lib, amalda 80,8 mlrd. so‘mga yoki 172,9 foizga bajarildi. Importni qisqartirish 5,5 mln. AQSH dollariga rejalashtirilgan bo‘lib, amalda ushbu ko‘rsatkich 9,2 mln.dollarni - rejaga nisbatan – 166,3 foizni tashkil etdi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati