![BUG‘ QIZDIRGICH USKUNALARI NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA](https://cdn.tpp.uz/2023/05/17/07/29/groce7Nome2YHPVpbFijhxKeYDULNFYv_low.jpg)
BUG‘ QIZDIRGICH USKUNALARI NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA
Ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va energoqurilmalarning ishonchliligini oshirish maqsadida “Tolimarjon IES” AJ da joriy ta’mir jarayonlari tashkil etilyapti.
![](http://cdn.tpp.uz/2023/05/17/07/29/groce7Nome2YHPVpbFijhxKeYDULNFYv.jpg)
Mazkur ishlardan navbatdagisi korxonaning 6-bug‘ qizdirgich uskunasida olib borildi. Joriy ta’mir jarayonida ishchi g‘ildiraklar ko‘zdan kechirilib, zanglagan qatlamlar tozalandi. Shuningdek, podshipniklardagi yog‘larning me’yorda ekanligi nazoratdan o‘tkazildi hamda boltlarning mustahkamligi tekshirib ko‘rildi.
![](http://cdn.tpp.uz/2023/05/17/07/29/qhuQvwilzbgIovBvWrsVs1bzFWuy9DOn.jpg)
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, korxonaning mazkur bo‘limida jami 20 ta bug‘ qizdirgichlari mavjud bo‘lib, ularning har biri 100 – 110 darajagacha ishlash imkoniga ega.
“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati