Buyuk siymolar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Buyuk siymolar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur siymolari millatimizning iftixoridir. Ularning hayot va faoliyat yo‘llarini o‘rganish - o‘tmish va kelajakni uyg‘unlashtirish asnosida millat ma’naviyatini yuksaltirish tomon qo‘yiladigan muhim qadam bo‘lishi shubhasizdir.

Mamlakatimiz bo‘lab Navoiy va Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida sana munosabati bilan Navoiy va Bobur ijodi va hayotiga bag‘ishlangan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan 9 jamoa 9 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra “IQ” jamoasi faxrli birinchi, “BGQ-2” jamoasi ikkinchi, “Everest” jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar.

Ushbu tadbir yuqori saviyada bo‘lib o‘tkazilib, jamoalar buyuk siymolar hayoti va ijodini batafsil o‘rgandilar va fikr almashdilar.

“Navoiy IES” AJ Matbuot xizmati