
DAVLAT BAYROG‘I – MILLAT G‘URURI
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrog‘im - mening faxrim, mening g‘ururim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida qabul qilingan.

Shundan beri bayrog‘imiz nafaqat davlat idoralari, elchixonalar, konsulliklar, missiyalar, bojxonalar, balki турли nufuzli xalqaro tashkilotlar, yirik anjumanlarda baland xilpiramoqda.


Bu yil yurtimizda bayroq kuni nishonlanayotganiga 31 yil to‘ldi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bayroq davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, mustaqillik, tinchlik va osoyishtalik, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimiz timsoli ekanini qayd etishdi.


-Xalqimiz, azaldan erkin va farovon hayotni ta’minlash, kelajak avlodlarni jamiyatning kuchli shaxslari etib tarbiyalashga mahkam bel bog‘lagan. Bayrog‘imiz chin ma’noda ajdodlarimizning orzu-intilishlari, hayotiy qarashlari, oliy maqsadlarini o‘zida uyg‘un eta olgan va bu bizga g‘urur bag‘ishlaydi, - deydi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Biznes etika, shaffoflikka rioya etish va komplayens bo‘limi boshlig‘i Bahodir Nishonxodjayev.

Sana munosabati bilan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida ham bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati