EKOLOGIYAGA ZARARLI TA’SIRLARNI KAMAYTIRISH DOLZARB VAZIFA

EKOLOGIYAGA ZARARLI TA’SIRLARNI KAMAYTIRISH DOLZARB VAZIFA

“Navoiy IES” AJda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda hududdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.   

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-76-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonaning energosozlash sexi xodimlari tomonidan stansiyaning atmosfera havosiga tashlanadigan zararli chiqindi gazlar miqdorini kamaytirish uchun atmosfera havosi “TESTO 330 2LL” rusumli zamonaviy gazoanalizator yordamida bajarilgan tahlillar asosida  nazorat qilib borilmoqda. 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ishlab chiqarish maqsadida sarflanayotgan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirish shu kundagi asosiy va dolzarb masalalardan hisoblanadi, - deydi “Navoiy IES” AJ ekologi Jamshid Mirzoyev.

“Navoiy IES” AJ Matbuot xizmati