Farg‘ona IEM 7 MVt quvvatga ega gaz turbinasida baroskopik tekshiruv olib borilmoqda

Farg‘ona IEM 7 MVt quvvatga ega gaz turbinasida baroskopik tekshiruv olib borilmoqda

Ayni kunlarda Farg‘ona IEMning quvvati 7 MVt bo‘lgan gaz turbinasida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida inspeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekenergota’mir” AJ hamda xalqaro “Euroasiatic Machinery PTE Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan inspeksiya ishlarida mutaxassislar tomonidan gaz turbinasi rotori, kompressori va podshipniklari holati o‘rganildi, shuningdek, turbina havo tozalovchi qurilmasi va yonish kamerasi ichki qismlari nazoratdan o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 26-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan inspeksiya ishlari natijasida aniqlangan barcha nuqsonlarning to‘liq bartaraf qilinishi ta’minlanmoqda.

Maqsad – korxona energoqurilmalarining tunu-kun bir maromda hamda ishonchli ishlashini ta’minlash hamda ularning ishlash davomiyligini oshirishdan iboratdir.

Farg‘ona IEM Matbuot xizmati