FARG‘ONA IEM YANVAR-SENTABR OYLARI ISHLAB CHIQARISH REJASINI 105 FOIZGA BAJARDI

FARG‘ONA IEM YANVAR-SENTABR OYLARI ISHLAB CHIQARISH REJASINI 105 FOIZGA BAJARDI

Farg‘ona IEM uchun 2024-yil yanvar-sentabr oylarida elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi 253 mln. kVt.soat etib belgilangan bo‘lib, amalda 266,6 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va  reja 105 foizga bajarildi.

Markazda 1 kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun belgilangan 227,48 gramm shartli yoqilg‘i sarfi amalda 216,64 grammni tashkil etdi. Natijada shu davr mobaynida 1940 ming kubmetr tabiiy gaz tejaldi.

Shuningdek, xuddi shu davrda reja 564,6 ming Gkal bo‘lgani holda, iste’molchilarga 674,5 ming Gkal issiqlik energiyasi uzatilib, bu boradagi reja 120 foizga bajarildi. 

Ahamiyatlisi, markazda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, o‘z ehtiyojlarini muqobil energiya manbalari asosida qoplash maqsadida ayni paytda 3,1 MVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishlamoqda.

Farg‘ona IEM Matbuot xizmati