Faxriy energetiklarga hurmat – insonparvarlik ifodasi

Faxriy energetiklarga hurmat – insonparvarlik ifodasi

9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan issiqlik elektr stansiyalari korxonalarida tizimida faxriy energetiklarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yana bir bor o‘z ifodasini topdi.

Jumladan, “O‘zenergosozlash” korxonasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, hozirda 90 yoshni qarshilagan mehnat faxriysi Mo‘yiddin ota Pirmuhamedov xonadoniga tashrif buyurildi. Ustoz energetikning holidan xabar olinib, samimiy suhbat va esdalik sovg‘alari ulashildi.

Mazkur tashabbus mard ajdodlarimizning jasorati va mehnat fidoyiligini ulug‘lash, kelajak avlodlarda vatanparvarlik va minnatdorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“O‘zenergosozlash” MCHJ Matbuot xizmati