GIDROTEXNIK INSHOOTLAR SEL-TOSHQIN DAVRIGA TAYYORLANMOQDA

GIDROTEXNIK INSHOOTLAR SEL-TOSHQIN DAVRIGA TAYYORLANMOQDA

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ filiali Sirdaryo IES korxonasida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va sel-toshqin davrida aniq vazifalar asosida ishlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Tizimdagi yirik korxonalardan biri hisoblangan Sirdaryo IES korxonasi tomonidan gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash rejasiga asosan keng ko‘lamdagi ishlar bajarildi. 

Jumladan, korxonadan chiquvchi kanalning chap va o‘ng qirg‘oqlarining 6760 metr uzunlikdagi qismlarini qamish va loylardan tozalash ishlari bajarildi. Bundan tashqari, kiruvchi kanalning 1,2-sonli has-cho‘p ushlab qolish uskunasi va 1-sonli qirg‘oq nasos stansiyasida muntazam tozalash ishlari olib borilmoqda.

Korxonaning tashqi hududida joylashgan KV2 kollektorida, shuningdek 220-500 kVli ochiq taqsimlash qurilmalari yonida joylashgan kollektorning seldan saqlash inshootida tozalash ishlari olib borildi. Hozirda ushbu kollektorlarga 2 dona suv nasoslari o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida oqava suvlari chiqarib tashlanadi.

-Har qanday vaziyatlarda bizning asosiy vazifamiz - gidrotexnika inshootlari ishini muntazam nazorat qilib, ularning barqaror ishlashini ta’minlashdir, – deydi Sirdaryo IES qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i Ozod Israilov. 

Sirdaryo IES Matbuot xizmati