#IESbooklclub: Kadrda – Sanjar Xodjayev

#IESbooklclub: Kadrda – Sanjar Xodjayev

#IESbooklclub loyihamizning navbatdagi mehmoni yirik elektr stansiyalardan biri – “Toshkent IES” AJ issiqlik avtomatikasi va  nazorat sexi boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar Xodjayev.

Abdulla Qodiriy. “O‘tgan kunlar”. Men, bu romanni ancha yillar avval o‘qiganman. Hozir ham ba’zida varaqlab turaman, chunki, u yerda samimiylik va sof sevgi bor. Yozuvchi har bir qahramonga alohida yondoshgan. Qalb bilan yashash kerakligi meni o‘ylantirgan. O‘sha davrning hayotiy ko‘rinishi, odamlari, voqealar, ota-onaga bo‘lgan hurmat nozik did bilan tasvirlangan. Kitobni o‘qigan insonning Vatanga bo‘lgan muhabbati yanada ortadi.

Primqul Qodirov. “Yulduzli tunlar”. Bu asar Primqul Qodirovning eng nodir asarlaridan biri deb o‘ylayman. Bu asarda adolatli shoh va mard jangchini ko‘rishimiz mumkin. Yosh bo‘la turib taxtga chiqqan o‘smirin o‘z  atrofidagi insonlarning yolg‘on va hasadlariga duch keladi. Asarni o‘qigan kitobxon katta motivatsiya oladi. 15 ming askar bilan 100 ming qo‘shin ustidan g‘alaba qozonishi uning qanchalik kuchli sarkarda bo‘lganini ko‘rsatadi. O‘g‘li kasal bo‘lganida esa haqiqiy otani ko‘rishimiz mumkin. Asarni o‘qib, undan hayotiy haqiqatlarni o‘rganadigan jihatlar juda bisyor.

Den Braun. “Raqamli Qal’a”. Bu kitob zamonaviy jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri, butun dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq nushada kitob sotgan Den Braunning asaridir. Asarda raqamli xavfsizlik, vatan xavfsizligi yo‘lida ishlaydigan jasur shaxslarning hayoti, ular uchraydigan xavf masalalari ko‘tarilgan. Ushbu asarda ham vatanparvarlik, ham ehtirosli sevgi, ham qiziqarli ma’lumotlar, ham sizni o‘z dunyosiga sayohat qildiradigan ajoyib syujetni topasiz. Asar voqealari AQSH, Ispaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar hududida o‘tishi, voqealarning tez va kutilmagan rivoji sizni o‘ziga maftun qiladi.

Mirzakarim Norboyev. “Tentakning  tajribasi”. Жаҳон bestselleri unvoniga sazovor bo‘lgan ushbu asar nafaqat ko‘rish qobiliyatini tiklash bo‘yicha qo‘llanma yoki surunkali noshukur bemor xaqidagi falsafiy risola, balki insonni harakat va g‘ayratga chorlaydi. Kitob 1998-yilda xalqaro mustaqil ekspertlar assotsiatsiyasi tomonidan uning alternativlari orasida eng samarali deb topilgan usulning mohiyatini ochib beradi. O‘ylaymanki kitob, har bir o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Kim ichki nizolarni yuzaga keltirsa, boshqa birovda o‘zida xoslikning asl mohiyatini ochib beradi.

“Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati