#IESmen Obyektivda – Hasan Nazarov
1985-yil Sirdaryo viloyatining Shirin shahriga ko‘chib kelganman va buni qarangki, energetiklar shahridagi mahobatli stansiyada ishlayotganimga bu yil qariyb 34 yil bo‘libdi, - deydi Sirdaryo IES markazlashtirilgan ta’mirlash sexi vulkanizatorchisi Hasan Nazarov.
- Men, 1969-yil Tojikiston Respublikasining G‘onchi tumanida, oddiy ishchilar oilasida tug‘ilganman. O‘rta maktabni shu tumanda tamomlab, 1985-yilda O‘zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyatining Shirin shahriga oilaviy ko‘chib kelganmiz. Ulg‘ayib, 1990 yilda energetiklar shahridagi mahobatli Sirdaryo IESning kimyo sexiga ishga kirdim. 2013-yildan esa, stansiyaning markazlashtirilgan ta’mirlash sehida vulkanizatorchi bo‘lib ishlay boshladim.
Dastavval, ishga kirgan vaqtlarimda menga kasb sirlarini o‘rgatgan, o‘z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarim Berdiqul Mirzoqulov va Anotoliy Satichenkolarni juda yaxshi xotiralar bilan eslayman.
Bolalikdagi orzularimdan biri o‘qituvchi bo‘lish edi, ammo hayot sinovlari va o‘sha davrlardagi og‘ir turmush sabab o‘qishga kira olmadim, chunki dadamdan keyin oilani boqish mening zimmamda edi. Dadam doim “O‘g‘lim qaysi ishda bo‘lsang ham, doim to‘g‘ri so‘zli va halol bo‘lgin” der edilar. Rostdan ham shu hayotiy shiorim va hislatim tufayli bugun korxonada hurmat va e’tibordaman, - deydi mehmonimiz.
Asosiy ishim, energobloklar uchun zarur bo‘lgan detallar, turli podshipniklar va ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish dasturi asosida tayyorlash va ta’mirlashdan iborat. 2025-yilda mahalliylashtirish dasturi asosida ko‘plab zarur detallarni ishlab chiqarish va bu orqali korxonada sezilarli darajada iqtisodiy samaradorlikka erishish rejalashtirilgan, - deydi Hasan Nazarov.
Sirdaryo IES Matbuot xizmati