“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 10 – 13-dekabr kunlari “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”da ishtirok etmoqda

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 10 – 13-dekabr kunlari “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”da ishtirok etmoqda

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda tizim korxonalari poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida” o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda. Yarmarkada tizim korxonalarida mahalliylashtirilgan hamda kooperatsiya asosida importdan keltirilgan 150 turdagi mahsulotlar namoyish etilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ aholi, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirishni o‘zining ustuvor vazifalaridan deb biladi. 

Shunga ko‘ra, energobloklarni doimiy modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy, energotejamkor va yuqorisamarador texnologiyalarni joriy etish, bu orqali mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida mahalliylashtirish dasturiga asosan mahsulotlarni elektr stansiyalarida ishlab chiqarish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Poytaxtimizning “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tayotgan sanoat yarmarkasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalari tomonidan 3 yo‘nalishdagi jami 150 turdagi mahsulot namunasi namoyishga qo‘yilgan. Bular: 60 turdagi maxalliylashtirilgan mahsulotlar, 35 turdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish orqali o‘zlatirilgan mahsulotlar hamda 60 turdagi hozirgi kunda import qilinayotgan va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda o‘zlashtirish taklif etilayotgan mahsulotlar olib kelingan.

Shuningdek, ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida murakkab turdagi texnologik ehtiyot qismlar bo‘yicha mahsulotlar elektron ko‘rinishda shakllantirilib, qiziquvchilarga taqdimot qilib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 50 mlrd. so‘mlik kooperatsiya shartnomalari imzolanilanishi kutilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati