“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: 2026-yilning 9 oyi davomida elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish natijalari

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: 2026-yilning 9 oyi davomida elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish natijalari

Bugun mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan jami elektr va issiqlik energiyasining salmoqli qismi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ elektr stansiyalari hamda issiqlik markazlari zimmasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Jamiyat tarkibida quvvati 6,9 GVt bo‘lgan 8 ta elektr stansiyasi, quvvati 2,1 GVt bo‘lgan 1 ta boshqaruvdagi elektr stansiyasi, shuningdek, “Toshkent issiqlik markazi” tarkibidagi 9 ta issiqlik markazi faoliyat yuritmoqda.

2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi korxonalar tomonidan 15,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, prognoz ko‘rsatkich 108 foizga, 5,9 mln Gkal issiqlik energiyasi uzatilib, prognoz ko‘rsatkich 107 foizga bajarildi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfi 272,11 gramm/kVt·soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich joriy yil uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichdan 3,46 grammga, 2025-yilning mos davriga nisbatan esa 5,79 grammga kamdir.

Belgilangan energiya resurslarini ishlab chiqarish uchun o‘tgan davrda jami 3,8 mlrd kubmetr tabiiy gaz hamda 645,5 ming tonna ko‘mir sarflandi.

Bugun Jamiyat tizimida energiya resurslarini tejash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda tizim korxonalarida energiya resurslaridan samarali foydalanish va ularni tejash ishlari ISO 50001 xalqaro standarti talablari asosida tashkil etilgan.

Mazkur standart talablari asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zenergoinspeksiya bilan kelishilgan holda 2026-yilga mo‘ljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 52,0 mln kubmetr tabiiy gaz va 137,7 mln kVt·soat elektr energiyasi tejaldi. 

Bunda tabiiy gazni tejash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichi 137,7 foizga, elektr energiyasini tejash bo‘yicha esa 107 foizga bajarildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati