“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-sonli “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati atroflicha tahlil qilindi.

Tadbir ZOOM platformasi orqali o‘tkazilib, unda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati hamda jamiyat filiallari va tizim korxonalarining ijro intizomi bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirla shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir davomida ijro intizomini mustahkamlash, tashkiliy-huquqiy faoliyatni samarali tashkil etish, topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha nazorat mexanizmlari yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati