“ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJ MARKAZIY BINOSI TOM QISMIDA QUYOSh FOTOELEKTR STANSIYASI O‘RNATILDI

“ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJ MARKAZIY BINOSI TOM QISMIDA QUYOSh FOTOELEKTR STANSIYASI O‘RNATILDI

Energiya samaradorlikni oshirish, yoqilg‘i-energiya resurslarini tejash va undan samarali foydalanish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ma’muriy binosi tom qismida 116 ta quyosh panellaridan iborat quvvati 40 kVt  bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilib binoning mavjud elektr energiya ta’minoti tizimiga ulandi.

Natijada, yiliga o‘rtacha 76,8 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan  yiliga 20,7 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki,  2020-2021 yillar davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalari tomonidan jami 186 dona qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o‘rnatildi, shu jumladan:

- Quyosh panellari – 46 ta;

- Quyosh suv isitgichlari – 26 ta;

- Quyosh panelli yoritish chiroqlari – 114 ta.

2020-2021 yil 10 oyi davomida жами tizim korxonalarida o‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari tomonidan 258,3 ming kVt.soat elektr energiyasi va 450 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan. Natijada hozirgi kunga qadar jami 83 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishildi.

Ushbu loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati.