“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ xodimlari ekologik xavfsizlik bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etmoqda

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ xodimlari ekologik xavfsizlik bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etmoqda

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) tomonidan tashkil etilgan “Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha konferensiya va Ijtimoiy-ekologik doira (USF) bo‘yicha seminar” o‘z ishini boshladi. 

Seminarda Markaziy va G‘arbiy Osiyo hamda Sharqiy Osiyo mintaqalaridan hukumat vakillari, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi idoralar va fuqarolik jamiyati vakillari, xalqaro ekspertlar qatorida “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati hamda “Tolimarjon IES” korxonasi ikki nafar xodimi ham ishtirok etmoqda.

Seminarning maqsadi – OTB yangi Ekologik va Ijtimoiy doirasi (ESF) talablarini tushuntirish, ularni loyihalarga integratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarni mintaqaviy darajada joriy etishdir.

Tadbirlar doirasida ishtirokchilar uchun treninglar, interaktiv mashg‘ulotlar, panel muhokamalari va tajriba almashish sessiyalari tashkil etiladi. Tadbirlar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

Tadbirlar 2-oktabrgacha davom etadi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati