“ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJ: ZAMINIMIZ SAYQALI SAMARQANDGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Kasaba uyushmasi tomonidan turli xil xayriya tadbirlari va elektr stansiyalarda mehnat qilib kelayotgan xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish masadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Mana shunday ezgu ishlarning davomi sifatida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati mehnat jamoasining bir guruh vakillari uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturiga asosan zaminimiz sayqali Samarqandga sayohat uyushtirildi.

Dam oluvchilar Samarqand shahrining boy tarixi, diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Boqiy shahar majmuasi, Shoxi Zinda, Konigil meros qog‘oz fabrikasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi va Hazrati Xizr majmuasida dafn etilgan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildilar.

Dunyodagi har bir yurt, shaharning paydo bo‘lishi tarixi bor. – Sharq gavhari bo‘lgan Samarqand ham uch ming yillik tarixga ega bo‘lib, bugungi sayohatimiz ham ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan bir qatorda tarixiy bilimlarini yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli, – deydi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Nurpeis Berdaliyev.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati