ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI VA MARKAZLARINING 16-OKTABR KUNI ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI

ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI VA MARKAZLARINING 16-OKTABR KUNI ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI

Hurmatli iste’molchilar!

Joriy yilning 16-oktabr kuni issiqlik elektr stansiyalari tomonidan elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tamiz.

Xususan, kecha, 16-oktabr kuni issiqlik elektr stansiyalari tomonidan 124,7 million kilovatt soat elektr va 9,8 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.

Ishlab chiqarish jarayonida 36,8 million kub metr tabiiy gaz, 9,6 ming tonna ko‘mir va 474 ming kub metr yer osti gazi yoqilg‘i sifatida sarfladi.   

Barcha korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni 24 soat davomida shtat rejimida olib borilmoqda.     

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati