Issiqlik elektr stansiyasi yoki markazida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalar

Issiqlik elektr stansiyasi yoki markazida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalar

Issiqlik elektr stansiyasi yoki markazining hududi doimo toza saqlanishi, yonuvchi chiqindilardan tozalanishi lozim.

Binolar, yo‘llar, yong‘in gidrantlari va inventarlar atrofidagi yo‘llarni materiallar va jihozlar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.

Korxona hududida yonuvchi materiallardan qurilgan vaqtinchalik binolar, inshootlar va maishiy vagonchalarni joylashtirish taqiqlanadi. Agarda ularni korxona hududidan tashqarida joylashtirishning iloji bo‘lmasa, ularni davlat yong‘in nazorati organlari bilan kelishilgan holda va ishlab chiqarish, ma’muriy va ombor binolaridan 30 metrdan yaqin bo‘lmagan joyda o‘rnatishga ruxsat beriladi.

Ochiq taqsimlash qurilmalari hududini muntazam ravishda o‘tlardan tozalab turilishi kerak, qurigan o‘tlarni ochiq taqsimlash qurilmalari va unga yondosh hududga 100 metrdan yaqin  masofada saqlash taqiqlanadi.

Korxonaning ishlab chiqarish, yordamchi va ma’muriy binolarida quyidagilar taqiqlanadi:

– uskunalar, materiallar va boshqa narsalar bilan evakuatsiya yo‘llari va zinapoyalarni to‘sib qo‘yish va tartibsiz holatga keltirish;

– tez alangalanuvchi va tez yonuvchi suyuqliklar (benzin, kerosin va boshqalar) yordamida xonalarni tozalash;

– ishlab turgan elektr isitish moslamalari va konditsionerlarni nazorasiz qoldirish, ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha talab qilinmasa  ish tugagandan so‘ng ularni ishda qoldirish; 

– muzlagan suv quvurlarini ochiq olov yordamida yoki boshqa usul bilan isitish;

– binoning chordoq qismidan ishlab chiqarish binolari sifatida, shuningdek, materiallar va jihozlarni saqlash uchun foydalanish;

– binolar va uskunalarda naryad va farmoyishlar, shuningdek texnologik yo‘riqnomalarda nazarda tutilmagan ishlarni bajarish;

– yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda odamlarni evakuatsiya qilish uchun liftdan foydalanish.

Sex omborlari uchun bir vaqtning o‘zida saqlanadigan tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, bo‘yoq, lak, erituvchilarning eng ko‘p ruxsat etilgan me’yorlari belgilanishi lozim.

Ishlatilgan moylangan artish materiallari sig‘imi 0,5 m3.dan ko‘p bo‘lmagan yopiladigan, maxsus “Latta uchun” yozuvi tushirilgan metall qutilarga joylanishi hamda muntazam ravishda utilizatsiya qilib turilishi lozim.

Issiqlik elektr stansiyalari va markazlari korxonalarida birlamchi o‘t o‘chirish vositalarini qulay va ko‘rinadigan joylarga joylashtirish uchun yong‘in qalqonlari o‘rnatiladi.

Katta maydonga ega xonalarda (qozonxonalar, mashina zallari va boshqalar) yong‘in qalqonlari o‘rniga yong‘in o‘chirish punkti o‘rnatilishi mumkin, unga asosiy yong‘inga qarshi vositalar (birlamchi o‘t o‘chirish vositalari, yong‘in dastaklari, lom, bagor va boshqalar) joylashtiriladi.

Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz podstansiyalar birlamchi yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanmaydi, transformatorlar va moyli o‘chirgichlar oldiga qum to‘ldirilgan qutilar qo‘yiladi.

Muhandislik-texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilarni yong‘in xavfsizligi xodimlarini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi (har bir korxonada o‘z sohasiga muvofiq ishlab chiqiladi):

– yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘riqnomasi o‘tkazish;

– ish joyida o‘tkaziladigan birlamchi, davriy, rejadan tashqari va maqsadli yo‘riqnomalar o‘tkazish, ularning mavzulariga yong‘in xavfsizligi masalalari kiritilishi shart;

– xodimlarni maxsus tayyorlash;

– yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan usunalarga xizmat ko‘rsatuvchi(mazut, gaz, ko‘mir va kabel xo‘jaligi,elektr tarmoqlari) energetika tizimi xodimlari uchun yong‘in-texnik minimum bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;

– yong‘inga qarshi mashg‘ulotlarni o‘tkazish;

– yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni sinovdan o‘tkazish.

Yong‘in sodir bo‘lganda energetika ob’ekti smena boshlig‘i yong‘inni o‘chirish bo‘yicha  rahbar hisoblanadi, u quyidagilarni tashkil qilishi lozim:

– yong‘in sodir bo‘lgan joydan barcha begona shaxslarni chiqarish;

– yong‘in sodir bo‘lgan joyni aniqlash, uning tarqalishi va yangi yonish o‘choqlari kelib chiqish joylarini aniqlash;

– avtomatik yong‘in o‘chirish tizimining ishlashini tekshirish va ishlamay qolsa, uni qo‘lda ishga tushirish;

– yong‘inni samarali o‘chirishni ta’minlash uchun tayyorgarlik ishlarini bajarish;

– korxona xodimlari va yong‘inga qarshi vositalar yordamida yong‘inni o‘chirish;

– Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalarini kutib olishga, hudud bo‘ylab xavfsiz harakatlanish yo‘nalishlarini, suv manbalarining joylashishini, yong‘in o‘chirish mashinasini yerga ulash joylarini yaxshi biladigan xodimni yuborish;

Korxona, sex, bo‘lim va uchastkada yong‘in xavfsizligi uchun javobgar shaxslar rahbarlar orasidan tayinlanadi va korxona rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

<iframe width="1173" height="660" src="https://www.youtube.com/embed/Of2BAlikRHY" title="Issiqlik elektr stansiyasi yoki markazida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Issiqlik elektr stansiyasiAJ Matbuot xizmati