Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash doimiy nazoratda

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash doimiy nazoratda

Energetika sohasida iste’molchilarni uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shu maqsadda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi yirik ishlab chiqarish ob’ektlarida nazorat ishlari muntazam olib borilmoqda.

Jumladan, Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish tizimida ishonchlilikni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Stansiyaning elektr sexi mutaxassislari tomonidan 220/500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda energobloklardan chiquvchi transformatorlari maxsus teplovizor uskunasi yordamida tekshirib borilmoqda.

Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ishlab chiqarilgan elektr energiyasini iste’molchilarga uzluksiz va barqaror yetkazib berish, shuningdek, ishlab chiqarish tizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni oldindan aniqlash va bartaraf etishdir.

Ayni paytda bunday profilaktik ishlar nafaqat elektr ta’minoti sifatini yaxshilash, balki butun energetika tizimi barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Yangi-Angrent IES” AJ Matbuot xizmati