Kibermadaniyatni shakllantirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025-yil davomida iqtisodiy o‘qishni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ xodimlarining axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Axborot va kiberxavfsizlik bo‘limi tomonidan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari bilan hamkorlikda “Kibermadaniyat” mavzusida seminar tashkil qilindi.
Seminarda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati hamda “O‘zenergosozlash” MChJ xodimlari oflayn tarzida, issiqlik elektr stansiyalari va markazlarining xodimlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
Tashkil etilgan o‘quv seminarida mutaxassislar tobora rivojlanib borayotgan internet olamidagi o‘zgarishlar haqida to‘xtalib, ushbu internet davrida undan to‘g‘ri foydalanishning yaxshi va salbiy tomonlariga to‘xtalib o‘tdilar. “Kiberxavfsizlik” deganda nimani tushuniladi, uning ma’nosi nima? Ushbu tushuncha, Ma’lumotlar xavfsizligi, Tashkilot xavfsizligi, Inson xavfsizligi, Tizim xavfsizligi, Aloqa xavfsizligi, Dasturiy ta’minot xavfsizligi va jamoat xavfsizligi kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, kiberxavfsizlik bu – kompyuterlar, axborot texnologiyalari yoki internet bilan bog‘liq xodisalar jamlanmasi bo‘lib, kiberxavfsizlik kompyuterlar, tarmoqlar va internetga ulangan har qanday qurilmani, har qanday xavf yoki tahdiddan xavfsiz saqlashni anglatadi.
Seminar davomida yig‘ilganlarga qiziqarli va tushunarli tarzda tuzilgan elektron slaydlar yordamida bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mavzuga oid ma’lumotlar berildi. Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha mutaxassislardan atroflicha javoblarni oldilar.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati