“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi”

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi”

To‘raqo‘rg‘on IESda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining topshirig‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, stansiya vestibyulida “Konstitutsiya burchagi” hamda stansiya kutubxonasi kitob fondini boyitish maqsadida kitob aksiyasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari” ga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Stansiya xodimlari “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tadbirida ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, stansiya xodimlari uchun “Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida davra suhbati hamda “Siz Konstitutsiyani bilasizmi!” shiori ostida viktorina tashkil qilindi.

Tadbirlar yakunida faol xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

To‘raqo‘rg‘on IES Matbuot xizmati