Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir

Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir

Toshkent issiqlik elektr markazi rahbariyati va ishchi-xodimlari uchun 2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifa va maqsadlar ijrosi yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Muvofiqlik tizimi (Komplayens) bo‘limi boshlig‘i B.Nishonxodjayev, Toshkent IEM filiali direktori R.Shamsiyev hamda Toshkent shahar prokuraturasi mas’ul xodimi I.Muslimovlar ishtirok etdi.

Tadbirda korrupsiya holatlarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik, elektr markazi hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligini davom ettirish, shuningdek, komplayens nazorat tuzilmalar xodimlarining xushyorligini oshirish davr talabi ekani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullar tomonidan javob oldilar.

Toshkent IEM Matbuot xizmati