Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi yuzasidan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Muvofiqlik tizimi (komplayens) bo‘limi hamda Toshkent viloyati Angren shahar prokuraturasi mas’ulllari ishtirokida “Angren IES” AJ da yig‘ilish o‘tkazildi.

Ma’lumki, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat samaradorligi, ushbu illatning oldini olish, bu jamiyatning rivojlanishida eng katta to‘siq ekanligi, ushbu ishlarni oldini olish va qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy seminar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Bu kabi uchrashuvlarning navtadagisida ham bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida ushbu salbiy illatni tubdan yo‘qotishga erishish bosh maqsad etib belgilanganligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan eng muhim vazifalar to‘liq muhokama qilinib, ushbu sohada vazifa va topshiriqlar belgilab olindi.

Shuningdek, ushbu vazifalarga har xodim mas’ul ekanligi, jamiyatda ishga qabul qilish va davlat xaridlari tizimida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni samarali davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha ma’lumotlar oldilar.

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati