KUCH TRANSFORMATORIDA JORIY TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Navoiy IES filialida 2023-2024-yillar kuz-qiz mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida 6-sonli kuch transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Belgilangan normativ asosida korxonaning elektr sexi mutaxassislari tomonidan transformator to‘liq ko‘zdan kechirilib, elektr o‘lchov ishlari olib borildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqildi.
Hozirda qurilmaning moy nasoslari, sovutish tizimidagi nosozliklar bartaraf qilinmoqda. Shuningdek, transformator izolyatorlari tozalanib, moy sathini tekshirish, kimyoviy tahlillar o‘tkazilmoqda.
- Ishchi-xodimlarimiz mazkur transformatorni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazib chiqishdi. Aniqlangan nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etib bormoqdamiz. Bizning asosiy maqsadimiz – energoqurilmalarning betalofat ishlashini, va bu bilan, iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashdan iborat, – deydi Navoiy IES elektr sexi boshlig‘i Po‘latov Murodilla.
Navoiy IES Matbuot xizmati