Maktab o‘quvchilariga kitoblar sovg‘a qilindi

Maktab o‘quvchilariga kitoblar sovg‘a qilindi

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati rahbari tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi maktab o‘quvchilarining 1200 nafariga kitoblar ulashildi.

“Inson qadri uchun ilm ulash” shiori ostida taqdim etilgan mazkur kitoblar maktablardagi adabiyot darsliklari asosida tuzilgan mavzulashtirilgan testlar to‘plami bo‘lib, o‘quvchilar har bir darsdagi mavzulardan so‘ng ushbu kitoblardagi testlar orqali mavzuni mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladilar.

bugungi kunga qadar kitoblar Nishon, Koson, Kitob, Qarshi tumanlari va Qarshi shahridagi maktab o‘quvchilariga taqdim etilgan bo‘lib, oldinda butun viloyat bo‘ylab joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

- “Tarixda jadid bobolarimizning qilgan qahramonliklari, fidoyliklari menda ham bu loyihani amalga oshirish fikrining uyg‘onishiga sabab bo‘ldi va ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lish maqsadida bu kabi loyihalarni yana davom ettiraman”, - deydi loyiha asoschisi Elyor Darxonov.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati