Manfaatlar to‘qnashuvi – taraqqiyot kushandasi

Manfaatlar to‘qnashuvi – taraqqiyot kushandasi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Muvofiqlik (komplayens) bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi oldini olish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlari to‘g‘risida jamiyat korxonalarida tizimli ravishda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Xususan, “Tolimarjon IES” AJ jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

“Manfaatlar to‘qnashuvi” murakkab va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlarda, xalqaro va milliy qonunchilikka muvofiq davlat boshqaruvi hamda korporativ faoliyatda korrupsiyaga qarshi kurashish davomida uchraydi.

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasida milliy qonunchiligimiz mavjud bo‘lib, u professional kadrlarni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat xizmatida korrupsiya va boshqa suiiste’mollik holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Davra suhbati davomida mazkur yo‘nalish bo‘yicha fikr va mulohazalar bilan almashildi, berilgan savollarga batafsil javob berib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni 2024 yilning 5 iyun kuni qabul qilingan.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati