
MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlari barqarorligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish, energoqurilmalardan foydalanishning ishonchliligini oshirish maqsadida maxsus o‘quvlar tashkil etilmoqda.

Avvalroq, “Navoiy IES” AJ, “Tolimarjon IES” AJ, “Toshkent IES” AJ va “Farg‘ona IEM” AJda o‘quv-amaliyotlari o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik, navbatdagi o‘quvlar “Sirdaryo IES” AJ va “Muborak IEM” AJda tashkil etildi.

- Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ishchi-xodimlarning mehnat, ishlab chiqarish va texnologik jarayondagi intizomga rioya qilish ustidan tizimda belgilangan talablar asosida nazoratni kuchaytirish – deydi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i Abror Sultonov.

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘quv va amaliyotlarda korxonalar sex va bo‘limlari faol ishtirok etmoqda.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati.