MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILDI

MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILDI

Toshkent IEM filialida “Issiqlik elektr stansiyalari”AJ markaziy apparati boshqarmalari va bo‘limlari rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. 

Sayyor qabul jarayonida Toshkent IEM filiali ishchi-xodimlari tomonidan jami 9 ta murojaat kelib tushdi. Ularning ikkitasi ishchi xodimlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga qulay mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari xususida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga minnatdorchilik bo‘lsa, qolganlari esa turli masalalarga qaratildi. 

Xususan, ishchi-xodimlarning mehnat huquqlari ta’minlanishi, xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash hamda ularning madaniy xordiq chiqarishlari uchun qulay sharoitlar yaratish shular jumlasidan. Ko‘tarilgan har bir masala bo‘yicha mas’ul mutaxassislar shu joyning o‘zida tushuntirish berdilar. 

-Mazkur sayyor qabul oldimizda turgan navbatdagi masalalarni ko‘rsatibgina qolmay, ishlashimiz kerak bo‘lgan yo‘nalishlarni ham belgilab berdi. Albatta, bugungi murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni nafaqat Toshkent IEM, balki boshqa filiallarimiz misolida ham o‘rganamiz va yechim topamiz, - deydi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ishlar boshqaruvchisi Nurpeis Berdaliyev. 

 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati