“NAVOIY IES” AJ: ISSIQLIK TARMOQLARI DOIMIY NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJda soha mutaxassislari tomonidan iste’molchilarni uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlash borasida tunu-kun ishlar olib borilmoqda.

Korxonada sutkasiga 24 soat navbatchilik asosida ishlaydigan operativ shtab ishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan asosiy va yordamchi uskunalar doimiy nazorat qilib borilmoqda.

-Hozirda issiqlik energiyasiga bo‘lgan talab har qachongidan bir necha barobarga ortgan. Shuning uchun ham qurilmalarning normal holatda ishlashini har soatda nazorat qilib, iste’molchilarimizning issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga harakat qilyapmiz. Sutkasiga o‘rtacha 6300 Gkal issiqlik energiyasi uzatilmoqda, – deydi Issiqlik tarmoqlari sexi boshlig‘i To‘lqin Ikromov.

Ma’lumot o‘rnida, korxona tomonidan 2023-yil 12 oyi davomida 979 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib (rejaga nisbatan 107,8 foiz), iste’molchilarga yetkazib berildi.
“Navoiy IES” AJ Matbuot xizmati