
“NAVOIY IES” AJ RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Kuni kecha nishonlangan Yoshlar kuni munosabati bilan Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yana bir karra katta ishonch bildirilib, ular oldiga yangi vazifalar qo‘yildi.

Navoiy IES yoshlari o‘rtasida tashkil qilingan ochiq muloqot ham yoshlarga oid davlat siyosatining joylarda amalga oshirilayotganining yaqqol ko‘rinishidir.
Unda stansiya rahbar xodimlari, sexlar va bo‘limlar boshliqlari, boshqa mas’ul xodimlar, “Navoiy IES” AJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari, stansiya yosh xodimlari ishtirok etdilar.

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tomonidan esa yosh avlod uchun mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash kabi dolzarb masalalar tadbirning diqqat markazida bo‘ldi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida ilm-ma’rifatni, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish ham bugungi kunning asosiy vazifalaridan ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida stansiya rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari yoshlarning savollariga javoblar berdilar, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
“Navoiy IES” AJ Matbuot xizmati