NAVOIY IES: ENERGOQURILMALAR MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA

NAVOIY IES: ENERGOQURILMALAR MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA

Navoiy IESda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlari doirasida 4-sonli energoblokning ma’nan eskirgan ta’minot nasosini yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Yangi o‘rnatilayotgan ta’minot nasosi Rossiyadan keltirilgan bo‘lib, uni o‘rnatish va foydalanish orqali energoblokning yanada barqaror ishlashiga erishish ko‘zda tutilmoqda. 

Ushbu nasos qozon agregatiga soatiga 500 tonna suv yetkazib berish vazifasini bajaradi. Nasos yordamida suv bug‘ qozoniga yo‘naltiriladi qozonda qaynatilgan suv bug‘ga aylantirilib, bug‘ turbinasiga yuboriladi va undan keyin generatorda elektr energiyasi hosil bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, ta’minot nasosi har 25 yilda yangisiga almashtiriladi. 

Navoiy IES Matbuot xizmati