NAVOIY IES: ISHLAB CHIQARISH BARQARORLIGI TA’MINLANMOQDA
Bayram kunlarida aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr stansiyalarda uzluksiz ishlar olib borilmoqda.
Xabaringiz bor, Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida elektr energiyasi ishlab chiqarishda asosan tabiiy gaz yoqilg‘isidan foydalaniladi.
Bunda esa gaz kompressorlarining muntazam ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Navoiy IES 450 mVtli bug‘-gaz qurilmasi gaz kompressori ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Korxona mutaxassislari tomonidan texnik nazorat o‘tkazilib, qurilmaning mavsumda barqaror ishlashi uchun zaruriy ishlar bajarilmoqda.
Navoiy IES Matbuot xizmati