
NAVOIY IES: SUV SOVUTISH MINORASINING ISHONCHLI ISHLASHI TA’MINLANMOQDA
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida uskunalarning barqaror ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida suv sovutish minoralarining hovuz qismi va suv kollektorlarini cho‘kmalardan tozalash ishlari olib borilmoqda.

-Suv sovutish minoralarining ishlash faoliyatini to‘liq tiklash uchun xodimlarimiz bilan birga harakat qilmoqdamiz. Ushbu minoralar 11 va 12-sonli energobloklarni kondensatorlariga harorati pasaytirilgan texnik suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Sezib turganingizdek, minoralarni cho‘kindilardan tozalash natijasida qurilmalarning normal holatda ishlashi ta’minlanadi va ishlab chiqarish barqarorligiga erishiladi - deydi Navoiy IES Suv inshootlari sexi boshlig‘i Dilshod Fayziyev.

Navoiy IES Matbuot xizmati