NAZARIY VA AMALIY BILIMLAR UYG‘UNLIGI-SAMARADORLIK OMILI

NAZARIY VA AMALIY BILIMLAR UYG‘UNLIGI-SAMARADORLIK OMILI

Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimidagi Shirin energetika kollejida tahsil olayotgan  o‘quvchilar Sirdaryo IESda amaliyot o‘tashmoqda.

Saudiya Arabistonining “ACWA Powyer” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 2023-2024-o‘quv yilida Shirin energetika kollejiga bir yillik kursga qabul qilingan o‘quvchilar mamlakatimiz energetika tizimidagi eng yirik elektr stansiyasi bo‘lmish Sirdaryo IESda o‘tayotgan ishlab chiqarish amaliyotlari davomida stansiyada amalga oshirilayotgan ishlar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqdalar. 

O‘quvchi yoshlar amaliyot davrida, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur o‘rganish uchun sex va bo‘limlarga taqsimlangan holda nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan yanada boyitish imkoniga ega bo‘lishdi. Stansiyaning tajribali va malakali energetiklari talabalarning yanada ko‘proq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga ko‘maklashmoqdalar.

Sirdaryo IES Matbuot xizmati