Obyektivda – Spiridonov Andrey Valerevich

Obyektivda – Spiridonov Andrey Valerevich

“Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida xizmat ko‘rsatgan energetik” faxriy unvonini olish men uchun sharaflidir. Bu mukofot nafaqat mening shaxsiy yutuqlarimni, balki energetika tizimida ishlayotgan ko‘pgina hamkasblarimning O‘zbekiston va MDH mamlakatlari energetikasida hamkorlik va innovatsiya ruhini shakllantirish va takomillashtirish yo‘lidagi intilishlarini ifoda etadi. 

Mening uzoq yillar davomidagi mehnatimga shunday munosib baho berilganidan  juda minnatdorman, va u meni energetika sohasini yaxshilash bo‘yicha umumiy maqsadlarimiz yo‘lidagi say’i-harakatlarimizga salmoqli hissa qo‘shishga undaydi, - deydi  Toshkent IEM markazlashtirilgan ta’mirlash sexi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi.    

1997-yilda Toshkent IEM korxonasiga ishga kirib, kimyo sexi chilangari vazifasida ishlay boshlaganman. Mehnat faoliyatim davomida malaka oshirish kurslariga yuborilganman, kasbiy mahoratimni mustaqil ravishda o‘stirishga harakat qilganman. Korxonadagi, yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassislar jamoasidagi ishlagan davrimda, energetika bo‘yicha katta tajriba va bilimga ega bo‘ldim. Inson haqida doimo uning ishchanligi, mehnatining samaradorligi haqida  gapiriladi.

Inson hayotini ko‘p jihatdan mehnat belgilab beradi, holbuki u sevimli ish bilan mashg‘ul bo‘lsa, atrofida uni tushunadigan, o‘z vazifasini mas’uliyat bilan bajaradigan, turli vaziyatlarda seni qo‘llab-quvvatlaydigan kishilar bo‘lsa – bu samarali natijalarga erishishga imkoniyat yaratib beradi, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi kelgusidagi qiyin va murakkab ishlarimizda muvaffaqiyat keltiradi. 

Menga birinchi davlat mukofoti 2017-yilda – O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi medali berilgan edi.   

Qachonki mehnat senga zavqu-shavq bag‘ishlasa, mehnating qadrlansa, oilang tinch va ro‘zg‘oring but bo‘lsa, sen o‘zingni baxtli inson deb hisoblashing mumkin. 

Toshkent IES Matbuot xizmati