OCHIQ MULOQOT – SAMARADORLIK OMILI

OCHIQ MULOQOT – SAMARADORLIK OMILI

Bugun Sirdaryo IES korxonasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda korxonada mehnat qilayotgan yoshlar va tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha mutasaddilar qatnashdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarni o‘ylantirayotgan ko‘plab masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, ularning kasbiy o‘sishlari, malaka oshirishlari, ta’lim olishlariga oid mavzular muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda, stansiya rivoji uchun o‘zining samarali hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlar taqdirlandi. 

Muloqot yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslarini inobatga olgan holda qilinishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilab olindi.

Sirdaryo IES Matbuot xizmati