OCHIQ TAQSIMLASH QURILMALARI KUZ-QISH MAVSUMI UCHUN SHAY HOLATGA KELTIRILMOQDA

OCHIQ TAQSIMLASH QURILMALARI KUZ-QISH MAVSUMI UCHUN SHAY HOLATGA KELTIRILMOQDA

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida e’lon qilingan “safarbarlik oyligi” doirasida uskunalar, xususan,  ochiq taqsimlash qurilmalari nazoratdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar tezkorlikda bartaraf etilmoqda. 

Jumladan, “O‘zenergosozlash” MCHJ Elektr quvvati sexi xodimlari tomonidan “Tolimarjon IES” AJ va “Muborak IEM” AJ 220-500 kVli ochiq taqsimlash qurilmalarida teplovizor tekshiruvi o‘tkazildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, “Toshkent IES” AJ, “Farg‘ona IEM” AJ va “To‘raqo‘rg‘on IES” UK 110 kV ochiq taqsimlash qurilmalarining yacheykalarida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borildi. 

“Sirdaryo IES” AJ esa ayni kunlarda elektr sexiga qarashli 500 kVli ochiq taqsimlash qurilmasining L-550 liniyasida ta’mirlash ishlari ketmoqda. Liniyaga V simlar tutashuvlari va ishqalanishlarining oldini olish maqsadida, tegishli qurilmalar o‘rnatildi va tartibga keltirildi. Bundan tashqari, kondensator o‘rta bosimli silindrida elektr o‘lchov ishlari olib borildi.

“Navoiy IES” AJ 220 kVtli ochiq taqsimlash qurilmasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda qurilmaning barcha izolyatorlari yuqori bosimli suvda yuvilib, ajratkichlari tozalandi. 

“Taxiatosh IES” AJ elektrotsexi mutaxassislari tomonidan RL-L-Xojeli-2-110, TN-2SSH-110, R-TN-2SSH-110 RO-OV-110 kabi qurilmalarining jami 21 ta yacheykasining izolyatorlarida tozalash va moylash ishlari to‘liq yakunlandi.

Mazkur sa’yi-harakatlardan ko‘zlangan maqsad, qurilmalar ishonchliligini ta’minlash orqali iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishdan iborat. 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati