OCHIQ TAQSIMLASH QURILMALARI MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA

OCHIQ TAQSIMLASH QURILMALARI MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda asosiy va yordamchi uskunalarni kelgusi mavsumga tayyorlash hamda atrof-muhit harorati ko‘tarilishi davrida ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomasiga asosan “Toshkent IES” korxonasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Belgilangan rejaga muvofiq stansiyadagi ochiq taqsimlash qurilmalarining 110-220-500 kVgacha bo‘lgan oqim va kuchlanishli transformatorlari texnik holatini navbatdan tashqari tekshirish va sinovdan o‘tkazish ishlari bajarildi. Texnik sinovdan o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar qisqa muddatda bartaraf etildi.

- Ayni kunda iste’molchilarga barqaror va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish uchun tok transformatorlari zahirasi yaratilmoqda, - deydi stansiya elektr sexi boshlig‘i Murod Kenjebayev. Zaruriy uskunalar zahirasini yaratish maqsadida “O‘zbekenergota’mir” korxonasiga bir necha oqim va kuchlanish transformatorlarining texnik holatini tekshirish, aniqlangan nuqsonlarini ta’mirlash uchun yuborildi.

“Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati