OCHIQ TAQSIMLASH QURILMALARI SOZLIGI TA’MINLANMOQDA

OCHIQ TAQSIMLASH QURILMALARI SOZLIGI TA’MINLANMOQDA

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan tizim elektr stansiyalarida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida yordamchi qurilmalar sozligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, “Toshkent IES” AJ energobloklarida ishlab chiqarilayotgan 110 va 220 kV elektr energiyasini uzatuvchi taqsimlash tarmoqlarining soz holatda bo‘lishi muntazam nazoratga olingan.

- Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan zaruriy chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, seximizga qarashli ochiq maydondagi podstansiyalar, taqsimlash va uzatish qurilmalarida qizish holati yo‘qligi va nuqsonsiz ishlashini kuzatib bormoqdamiz, – deydi elektr sexi boshlig‘i Murod Kenjaboyev. - Kuni kecha ochiq taqsimlash qurilmalarining A-522 liniyasidagi 6-R qurilmasini ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

“Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati