OCHIQ TENDER SAVDOLARI

OCHIQ TENDER SAVDOLARI

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan “Hayotiy muhim infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha

OCHIQ TENDER SAVDOLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4691-son,
 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuvlari va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-72-son, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 avgustdagi “Hayotiy muhim infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 478-sonli qarorlariga muvofiq, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan YeTTB ishtirokida ushbu loyihani amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida “Navoiy IES” AJ, “Sirdaryo IES” AJ va “Taxiatosh IES” AJ ehtiyojlari uchun, ochiq tender savdolari orqali ehtiyot qismlar va asbob-uskunalarni xarid qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu tender, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining elektron xaridlar portali (www.ecepp.ebrd.com) orqali 2022 yil 19 apreldan 
3 iyungacha e’lon qilindi.

Tenderda ishtirok etish va talablari bilan tanishish uchun, ushbu havola orqali www.ecepp.ebrd.com/delta/noticeSearchResults.html(“Uzbekistan: Supply of operational and maintenance inventories”) tender hujjatlarini yuklab olish va ishtirok etish mumkin.