“O‘ZBEKENERGOTA’MIR” AJ: YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA ISHLAR OLIB BORILMOQDA
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida e’lon qilingan “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida “O‘zbekenergota’mir” AJ tomonidan 6 505 tup mevali va manzarali daraxtlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida “O‘zbekenergota’mir” AJ ishchi-xizmatchilari ham faol ishtirok etishmoqda. Mavsum davomida korxona tomonidan 6 505 tup mevali va manzarali daraxtlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Hozirda korxonaning barcha uchastkalarilarida belgilangan hududlarga turli nihollar ekish ishlari jadallashtirilmoqda. Xususan, korxonaning Sirdaryo uchastkasi ishchi-xodimlari tomonidan daraxt ekish bo‘yicha keng ko‘lamda ishlar olib borilayapti.
Tabiiyki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxtlar zaminimizni yashillikka burkab, chiroyiga chiroy qo‘shadi. Endilikda, kech kuz va erta bahor oylarida ekilgan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga alohida e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
“O‘zbekenergota’mir” AJ Matbuot xizmati