
“O‘ZBEKENERGOTA’MIR”: YANGI NIHOLLAR YeRGA QADALMOQDA
Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda “O‘zbekenergota’mir” AJ ham faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, korxona tomonidan ko‘chat ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida 6 505 tup manzarali va mevali daraxtlar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, uning hududiy barcha uchastkalarida ajratilgan bo‘sh maydonlarga yosh nihollar o‘tkazish ishlari jadal olib borilmoqda.


Korxonaning ishlab chiqarish bazasi ishchi-xodimlari ham bu sa’y-harakatdan chetda qolishmadi. Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida ajratilgan bo‘sh maydonlarga xurmo, olma, shaftoli, nok singari ko‘chatlar agrotexnik qoidalarga binoan o‘tkazildi. Ularni kelgusida parvarishlash va ko‘kka bo‘y cho‘zib, hosil berishi uchun kerakli tadbirlar amalga oshirildi.

-Qibray hududidagi Bo‘zsuv kanali bo‘ylariga 360 ta mevali va 300 yaqin manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdik, - deydi ekologiya bo‘yicha muhandis Ulug‘bek Raximov. - Umid bilan ekilayotgan har bir nihol ertaga, albatta, qishlog‘u shaharlarimiz havosining tozalab, kislorodga boy muhitni yaratadi. Ularni parvarishlash har birimizning burchimizdir.
“O‘zbekenergota’mir” AJ Matbuot xizmati