![“O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!” DASTURI AMALDA](https://cdn.tpp.uz/2022/05/10/11/40/eoQCTr7e4nch2JJQdQhewpHysgkpog7e_low.jpg)
“O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!” DASTURI AMALDA
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va tizim korxonalari ichki turizmni rag‘batlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”dasturi ijrosini ta’minlash barobarida ishchi-xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etmoqda.
![](https://cdn.tpp.uz/2022/05/10/11/40/SSl6ehiXJ4bbevoTdLHaHkD11047kbFl.jpg)
2022 yilning 7-9 aprel kunlari “Navoiy IES” AJ kasaba uyushmasi tomonidan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan stansiyadagi yoshlarning madaniy va ma’rifiy dam olishini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi dam olish maskanlariga sayohat uyushtirildi.
Tadbir davomida yoshlar uchun Zomin dam olish maskanidagi Supa, ilgari Muzbuloq nomi bilan mashhur bo‘lgan Sherbuloq chashmasiga, Sharshara, O‘rliksoy darasi, Zomin milliy tabiat bog‘i, Archa ekoturistik marshrutlariga sayohatlar uyushtirildi.
![](https://cdn.tpp.uz/2022/05/10/11/40/eoQCTr7e4nch2JJQdQhewpHysgkpog7e.jpg)
- Ushbu sayohat korxonamiz yoshlari uchun madaniy hordiq chiqarish barobarida o‘zaro fikr va tajriba almashish uchun ham yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Kelgusida ham bu kabi sayohatlarni yanada ko‘paytirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. - deydi stansiya Yoshlar ittifoqi birlamchi tashkiloti yetakchisi Abbos Tolibov.
“Navoiy IES” AJ Matbuot xizmati