“O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!” DASTURI DOIRASIDA ICHKI TURIZM RIVOJLANISHIGA MUNOSIB HISSA QO‘SHILMODA

“O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!” DASTURI DOIRASIDA ICHKI TURIZM RIVOJLANISHIGA MUNOSIB HISSA QO‘SHILMODA

“Toshkent IES” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ishchi-xizmatchilar uchun sayohat tashkil etildi. 

Muqaddas qadamjolarga tashrif buyurish bilan birga madaniy xordiq chiqarish ko‘zlangan ushbu tadbirda 50 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari qatnashdi. 

Dastlab, qatnashchilar O‘rta Osiyodagi Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgohida bo‘ldi. Maqbaraning yaralish tarixi, Zangiota shaxsi bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, sayohat poytaxtning Hazrati Imom majmuasi singari hushmanzara joylariga tashrif bilan davom etdi. Xususan, Toshkent teleminorasi, Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i”ga tashrif shular jumlasidan. 1941-1945 yillarda  xalqimizning boshiga tushgan og‘ir musibatli kunlar, xotin-qizlarning qalb kechinmalari aks etgan ochiq maydondagi monumentlar va muzey eksponatlari ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi. 

Korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Munira Qosimovaning bildirishicha, yil boshidan buyon “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish Dasturini amalda bajarilishini va mazkur qaror  doirasida tarmoq kasaba uyushmalarining ishtirokini ta’minlash niyatida rejali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

“Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati.