O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni keng nishonlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni keng nishonlandi

11-noyabr – “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Alisher Navoiy nomli Milliy kino saroyida issiqlik elektr stansiyalari hamda markazlari ishchi-xodimlari o‘rtasida “Kasaba uyushmasi kubogi” uchun “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi va bayram konserti tashkil etildi.  

Birlashgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan issiqlik elektr stansiyalari va markazlari ishchi-xodimlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga qulay mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar bilan bir qatorda, xodimlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida madaniy-ma’rifiy hamda ommaviy sportga jalb qilish tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Bu galgi tadbir energetiklarning ijodiy faolliklarini namoyon qilishga qaratildi.  

“Quvnoqlar va zukkolar“ ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida issiqlik elektr stansiyalari va markazlaridan jam bo‘lgan to‘qqiz jamoa o‘zaro bahslashdi.

Yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichida bahslar qizg‘in kechdi.  

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Sirdaryo IES “Energo +”, 2-o‘rin Toshkent IES “Deputatlar” va 3-o‘rin Navoiy IES “Gradus” jamoalariga nasib etdi.

G‘oliblarga Issiqlik elektr stansiyalari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining qimmatbaho va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati