QADIMIY VA BOQIY BUXOROGA SAYOHAT

QADIMIY VA BOQIY BUXOROGA SAYOHAT

Toshkent IES ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan bir guruh ustoz energetiklar qadimiy Buxoro sayohatga borib qaytdilar. 

Tarixdan ma’lumki, Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan muqaddas shahar Buxoroga qadim zamonlarda tamal toshi qo‘yilgan, dushmanlar hujumiga uchragan, o‘t qo‘yilgan va yana qaytadan qad rostlagan. Qadimiy va boqiy Buxoro o‘zining go‘zalligi va hashamatini hech qachon yo‘qotmagan. Ularning barchasini shaharning diqqatga sazovor joylarida kuzatish mumkin. 

50 nafar ishchi-xodimlardan iborat guruh a’zolari Shayx Sayid Amir Kulol, Baxovuddin Naqshbandiyning onalari va o‘zlariga qurilgan maqbaralar, Ark, Buxoroning so‘nggi Amiri Olimxonning yozgi va qishki saroylari, shuningdek Minorai Kalon, Labi-hovuz va boshqa tarixiy obidalar bilan tanishdilar.

—Albatta, islom ma’rifiy olamida pirlar, mo‘’tabar fozillar ko‘p o‘tgan, — deydi ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega ustoz muhandis Ozod Xashimov. — Ammo Xojagoniy- Naqshbandiya tariqatining asrlar silsilasida hamisha obro‘ va e’tibor qozonishi boisi shundaki, u insonni hamisha yaratuvchilikka, mehnatga, halol rizq topishga undaydi. Avliyoning “Dil ba yoru, dast ba kor”, ya’ni “Qo‘ling mehnatda, qalbing Ollohda bo‘lsin” aqidasi jamiyatning barcha qatlami uchun birdek ahamiyatga egadir.

Sayohatchilar qadimiy obidalarni ana shunday zavq-shavq bilan tomosha qilib,  katta taassurotlar bilan qaytdilar.

                                                                Toshkent IES Matbuot xizmati